"Nottingem Forest" o'z tarkibini shveytsariyalik hujumchi Dan Ndoye bilan kuchaytirmoqchi.

Insayder Fabritsio Romano bo'lajak transfer haqidagi xabar bilan shaxsiy ijtimoiy tarmog'ida bo'lishdi. "O'rmonchilar" va Italiyaning "Bolonya" klublari shveytsariyalik futbolchining transferi bo'yicha og'zaki kelishuvga erishdilar, hujumkor futbolchi bilan shaxsiy shartlar kelishib olindi", - deya xabar beradi insayder.

Yangi hujumchi "o'rmonchilar"ga 40 million evroga tushadi, bu summa mumkin bo'lgan bonus to'lovlarini o'z ichiga olmaydi. Futbolchi 24 yoshda, u Shveytsariya terma jamoasining asosiy futbolchisi, "Lozanna" klubi tarbiyalanuvchisi. O'tgan mavsumda klub darajasida u to'qqizta gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.