"Nottingem Forest"ning yangi o'yinchisi: "Klub bilan shartnoma imzolaganimdan xursandman"

"Nottingem Forest"ning yangi futbolchisi Dan Ndoye ingliz klubiga o'tishi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
Shveytsariyalik futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangani bugun "o'rmonchilar" rasmiy saytida e'lon qilindi.
"Klub bilan shartnoma imzolaganimdan juda xursandman. "Forest"da hozir haqiqatan ham ajoyib muhit hukm surmoqda va men bu loyihaning bir qismi bo'lishni xohlayotganimni darhol tushundim. Bu ajoyib tarixga ega ambitsiyali jamoa," - deya yangi futbolchining so'zlarini keltiradi jamoa matbuot xizmati.
Ndoy Angliya chempionatining yangi mavsumi boshlanishini intiqlik bilan kutayotganini qo'shimcha qildi.