O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra kutilmaganda APLda Konferentsiyalar ligasiga yo'llanma olgan "Nottingem Forest" o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qilmoqda.

The Sun xabariga ko'ra, "o'rmonchilar" "Renn" hujumchisi Arno Kalimuendoni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ingliz klubi 23 yoshli frantsuz transferi uchun 30 million evro sarflashga tayyor.

Kalimuendo Transfermarkt portalida 22 million evroga baholangan. U "itlar" safida jami 112 ta o'yinda 40 ta gol urib, 14 ta assist bergan.