"Nottingem Forest" 19 yoshli hujumchi bilan tarkibini kuchaytirdi

"Nottingem Forest" 19 yoshli hujumchi Lamin Sillani o'z safiga qo'shib oldi.
Tomonlar o'rtasidagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha tuzilgan.
Gambiyalik futbolchi "Olimpiakos"dan sotib olindi va 2025/26 yilgi mavsumda "Forest" yoshlar jamoasida to'p tepadi. Silla Evropadagi debyut yilini muvaffaqiyatli o'tkazdi: Gretsiya U19 Superligasida u 17 o'yinda 9 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berdi, hamda birinchi turdayoq "Panatinaikos"ga qarshi g'alaba keltiruvchi golni urdi.
19 iyul kuni "Nottingem" "Monako"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi.