Nocherino: "Loftus-Chik - APL darajasidagi o'yinchi"

Italiyaning "Milan" klubi sobiq hujumchisi Antonio Nocherino ikki yildan buyon "Milan" sharafini himoya qilayotgan angliyalik yarim himoyachi Ruben Loftus-Chikning o'yinlaridan hayratda.
"Loftus-Chik ko'proq gol ura oladi, u tezlikni o'zgartirishni juda yaxshi biladi. Bu Premer-liga darajasidagi o'yinchi. Umid qilamanki, u ajoyib mavsum o'tkazadi. Men uni Richchi va Modrich bilan birga yarim himoyadagi har bir o'yinda asosiy tarkibda maydonga tushirgan bo'lardim," - deya Nocherinoning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.