Nkunku qaerda o'ynashini hal qildi

"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku transfer oynasi yopilgunga qadar jamoasini o'zgartirishga umid qilmoqda.
Frantsuzning transferiga "Bavariya" qiziqish bildirmoqda - muzokaralar davom etmoqda. Tomonlar hali ko'plab masalalarni hal qilishlari kerak va transfer amalga oshishi yoki oshmasligi aniq emas. Faqat bir narsa aniq - myunxenliklar Nkunkuning o'zi bilan osonlikcha kelishib olishadi, chunki u "rekordmatser" safiga qo'shilishni juda xohlaydi, deb yozadi jurnalist Florian Plettenberg.
"Chelsi" 27 yoshli futbolchi uchun taxminan 40 mln evro va bonuslar so'ramoqda. Hujumchiga Milanning "Inter" va "RB Leyptsig" klublari ham qiziqish bildirgan, undan oldinroq "Manchester Yunayted" ham da'vogarlar qatorida bo'lgandi.