"Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku yozda jamoada qolishi dargumon.

27 yoshli futbolchi muntazam o'ynamoqchi, biroq Entso Mareska uni asosiy tarkibda ko'rmayapti. Insayder Fabritsio Romano o'zining yangi xabariga ko'ra, Nkunkuning joriy transfer oynasida ketishi deyarli muqarrar.

“Ko'klar” yanvar oyidan boshlab frantsiyalik futbolchini sotishga tayyor va munosib takliflarni kutishmoqda.

Kristofer Nkunkuga Evropaning bir qancha nomlari oshkor etilmagan top-klublari qiziqish bildirishgan. So'nggi oylarda "Bavariya" va "Manchester Yunayted" ko'pincha forvardga da'vogarlar qatorida bo'lishdi.