Kristofer Nkunku yozda "Chelsi"ni tark etadi.

"Ko'klar" ustozi Entso Mareska 27 yoshli frantsuzni markaziy hujumchi sifatida ko'rmayapti, ayniqsa, Joao Pedro va Liam Delap transferidan so'ng.

Mavsum davomida italiyalik mutaxassis Nkunkuni bir necha bor mashg'ulotlarda tayanch yarim himoyachisi sifatida qo'llab, uning "xarakterini sinab ko'rdi," deb yozadi GFFN L’Equipe nashriga tayanib.

Hujumchining o'zi hujumga yaqinroq o'ynashni ma'qul ko'rmoqda, ammo bu pozitsiyada Koul Palmer bor.

Avvalroq, Nkunku xizmatiga "Inter", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirayotgani ma'lum bo'lgandi. U yakunlanayotgan mavsumda barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.