Nkunku – "Bavariya"ning asosiy maqsadlaridan biri

"Bavariya" o'z tarkibini kuchaytirish uchun transfer bozorida ishlarni davom ettirmoqda. Nufuzli insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, myunxenlik grandning asosiy nishonlaridan biri "Chelsi" hujumchisi Kristofer Nkunku hisoblanadi.
"Bavariya"dagilar Nkunkuning bir necha pozitsiyada o'ynay olish qobiliyatini hisobga olib, uni ideal nomzod deb bilishmoqda. Biroq, bitimning taqdiri moliyaviy jihatga bog'liq.
Kristofer Nkunku Londonda ikki mavsum o'tkazdi. Shu vaqt mobaynida futbolchi 62 ta o'yinda ishtirok etib, 18 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.