"Nitstsa" London klubi hujumchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi

Foot Mercato nashri tarqatgan xabarga ko'ra "Nitstsa" "Kristal Pelas" hujumchisi Odson Eduarni o'z safiga qo'shib olish uchun qadam tashlamoqchi.
2021 yilda "Seltik"dan "Kristal Pelas"ga qo'shilgan hujumchi Liga 1 bilan yaxshi tanish, chunki u "Tuluza"da ijara asosida professional debyut qilishdan oldin "Pari Sen-Jermen" akademiyasidan o'tgan.
O'tgan mavsumda u "Lester"da ijara asosida o'ynagan, ammo bu yozda frantsuz "Pelas"ni butunlay tark etadiganga o'xshaydi. U Liga 1ga qaytishni maqsad qilgani uchun "Jirona" taklifini allaqachon rad etgan.
Qo'shimcha qilamizki, 2024/25 yilgi mavsumda Eduar "Lester" safida barcha musobaqalarda atigi 6 ta o'yinda maydonga tushdi.