Nikolas Jekson "Manchester Yunayted"ga o'tishni xohlamoqda

"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson "Manchester Yunayted"ga o'tmoqchi.
24 yoshli futbolchi "qizil iblislar"ning transfer maqsadlari qatorida qayd etilgan, bu haqda avvalroq xabar berilgandi. "Chelsi" senegallikni sotishga shoshilmayapti, ammo mish-mishlarga ko'ra, u bilan xayrlashishni istisno qilmayapti, chunki bu yozda boshqa hujumchilar - Liam Delap va Joao Pedro sotib olingan. Give Me Sport xabariga ko'ra, Jeksonning o'zi jamoaning evrokuboklarda ishtirok etmayotganiga qaramay, faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirmoqchi.
Mashhur Transfermarkt portalida Nikolas Jeksonning narxi - 50 mln evro. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2033 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.