Niko O'Raylining "Manchester Siti"dagi kelajagi ma'lum bo'ldi

"Manchester Siti" yozgi transfer oynasida "Bayer"dan jiddiy qiziqish bo'lganiga qaramay hujumkor yarim himoyachisi Niko O'Raylini jamoada saqlab qoladi.
Fabritsio Romano xabariga ko'ra, "shaharliklar" 20 yoshli angliyalik futbolchi bilan ikki oylik muzokaralardan so'ng 2028 yil yozigacha mo'ljallangan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishib oldi.