"Manchester Siti" markaziy yarim himoyachisi Niko Gonsales yozda klubni tark etishi mumkin, deya xabar berdi Grem Beyli.

Manbaga ko'ra, Rodrining safga qaytishi va Tidjani Reynders transferidan so'ng 23 yoshli ispaniyalikning "shaharliklar" tarkibidagi o'rni so'roq ostida.

Unga hozircha nomi oshkor etilmagan Evropaning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda.

Niko o'tgan qishda 60 million evro evaziga "Portu"dan sotib olingandi. Uning shartnomasi 2029 yil o'rtalariga qadar tuzilgan.