Nigeriyadagi ko'chalardan biriga Saka nomi berildi. Nega?

"Arsenal" vingeri Bukayo Saka futbol maydonidagi mahoratidan tashqari hayotda ancha sahiy inson ekanligi bilan tanilgan.
Nigeriyaning Lagos shahridagi ko'chalardan biriga aynan Bukayo Saka nomi berildi. Sababi "Arsenal" yulduzi 3 yil avval 120 nafar nigeriyalik bolaning operatsiyasi uchun pul to'lagan edi.
Ushbu shahar Sakaning ota-onasining tug'ilgan eri hisoblanadi.