"Renn" klubi "Ayaks" va Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Brayan Brobbini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Frantsuz klubi 20 mln evrodan kamroq taklif qildi, ammo amsterdamliklar bu summani etarli deb hisoblamayapti.

Hujumchi o'tgan mavsum 44 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.