"Santos" yulduzi braziliyalik hujumchi Neymar futbol tarixidagi eng yaxshi yarim himoyachini aytdi.

Braziliyalik futbolchi “Barselona” afsonasi ispaniyalik Andres Inestani alohida ta'kidladi.

"Andres Inesta - men ko'rgan eng yaxshi yarim himoyachi. Uning ajoyib fazilatlari bor edi. U yaxshi yigit, afsona, unga "Oltin to'p" ham kerak emas.

U tengsiz, chunki u hammadan farq qiladi. U nafislik va aql bovar qilmaydigan sinfga ega edi", - deya Neymarning so'zlarini keltiradi Give me Sport.