Neymar g'alaba golini urganidan so'ng nimalar dedi?

"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya chempionatining 14-turidan o'rin olgan "Flamengo"ga (1:0) qarshi o'yindan so'ng, hali jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor emasligini ta'kidladi. 33 yoshli braziliyalik ushbu mavsumda ilk bor to'liq o'yin o'tkazdi va jamoasiga g'alaba keltirgan golni urdi.
"Jismoniy holatimni yanada yaxshilashni istayman: jarohatdan keyin mashg'ulotlarga qaytish oson emas!" - dedi Neymar Braziliya televideniesi efirida.
"Santos" ochkolarini 14 taga etkazib, 13-o'rinda bormoqda. "Flamengo" etakchilik qilmoqda - 27 ochko.