Nevill "Chelsi"ning Premer-ligadagi istiqbollarini baholadi

Taniqli sobiq futbolchi Gari Nevill Angliya Premer-ligasining yangi mavsumida "Chelsi"dan nimalar kutayotganini aytib o'tdi.
Entso Mareski jamoasi o'z maydonida "Kristal Pelas" bilan durang o'ynab, chempionatni yaxshi boshlay olmadi.
"Menimcha, "Chelsi"ni ajoyib mavsum kutmoqda, ammo biz Joao Pedro va Liam Delapni "Liverpul", "Arsenal" va "Manchester Siti" hujumkor o'yinchilari kabi baholay olmaymiz. Ular bu darajada raqobatlashishga tayyor emas, ammo men bugungi o'yin uchun bunday deyayotganim yo'q, chunki "Kristal Pelas" juda jiddiy raqib," - dedi Nevill o'z podkastida.