36 yoshli darvozabon Norberto Neto Braziliyaga qaytdi. Endi u Rio-de-Janeyroning "Botafogo" jamoasi sharafini himoya qiladi. Shartnoma ikki yilga tuzilgan.

So'nggi mavsumda Neto "Arsenal" safida "Bornmut"dan ijara asosida harakat qildi va deyarli maydonga tushmadi.

Bungacha braziliyalik futbolchi o'zi tug'ilib o'sgan "Atletiko Paraense", "Fiorentina", "Yuventus", "Valensiya" va "Barselona" sharafini himoya qilgan. Transfermarkt portali futbolchini 1,5 mln evroga baholamoqda.

"Botafogo" Braziliyaning amaldagi chempioni hisoblanadi.