Rossiyalik mashhur murabbiy Valeriy Nepomnyashiy Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o'tishga yaqin turgan yarim himoyachi Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan ketishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

Mutaxassisning fikricha, yosh futbolchi "harbiylar" safida yanada o'sishi mumkin edi, ammo klub uchun bunday kelishuv hozirgi sharoitda zaruratdir.

"Fayzullaev TsSKA uchun yo'qotish bo'ladi. U yana o'sishi mumkin edi. Lekin bu foydali sotuv. Bundan qochib qutulib bo'lmaydi - TsSKA pul ishlab topishga majbur", - dedi Nepomnyashiy "Chempionat"ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Bashakshehir" va TsSKA taxminan etti million evrolik transfer shartlarini kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.