«Neftchi» U17 Osiyo kubogi g'olibi bilan shartnoma imzoladi

Tarkibni kuchaytirish maqsadida selektsiya ishlarini davom ettirayotgan «Neftchi» futbol klubi yosh va mahoratli futbolchi Azizbek Erimbetov bilan shartnoma imzoladi.
Ma'lumot o'rnida, 2008 yilda Qozog'istonning Qaskelen tumanida tug'ilgan Azizbek Erimbetov keyinchalik Qoraqalpog'istonga ko'chib o'tib, 2016/21 yillarda Nukus shahrida joylashgan IBUSMda birinchi futbol saboqlarini olishga erishdi. 2021 yildan boshlab Bekobodning «Metallurg» akademiyasida tahsil olayotgan Azizbek Erimbetov 2023 yilda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasiga jalb qilinadi va 2025 yilda Saudiya Arabistonida o'tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida O'zbekiston (U-17) terma jamoasi tarkibida ishtirok etib, Osiyo chempioni unvoniga ega bo'ladi. «Neftchi»ga o'tish oldidan Azizbek Erimbetov Proliga a'zosi «Jayxun» klubi sharafini himoya qilib keldi.