Turinning "Yuventus" klubi yarim himoyachisi Fabio Miretti faoliyatini A Seriyaning amaldagi g'olibi "Napoli" safida davom ettirishi kutilmoqda.

Corriere dello Sport xabariga ko'ra, neapolliklar futbolchini 12-14 million evro evaziga sotib oladi.

Miretti o'tgan mavsumni "Jenoa"da ijarada o'tkazdi. U 26 ta o'yinda 3 ta gol urib, 3 ta assist berdi.