"Yuventus" yarim himoyachisi Fabio Miretti "Napoli"ga o'tishga yaqinlashdi. Yaqinda bo'lib o'tgan muzokaralar ijobiy ruhda o'tdi, ammo yakuniy kelishuvga hali erishilmagan, deb yozadi insayder Janluka di Martsio. Neapolliklar 22 yoshli futbolchi uchun 14 mln evro taklif qilishgan va xavbekni qo'lga kiritish imkoniyatlarini yuqori baholashmoqda. Tez orada yangi muzokaralar bo'lib o'tadi.

Fabio Miretti o'tgan mavsumni "Jenoa"da o'tkazdi va u erda ijara asosida to'p tepdi. Italiyalik futbolchining "Yuventus" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo'ljallangan bo'lib, uning Transfermarkt portalidagi narxi o'sha 14 mln evroga baholanmoqda.

Turin grandi A Seriyaning o'tgan mavsumida to'rtinchi o'rinni egalladi. "Napoli" chempion bo'ldi.