"Ipsvich" Italiyaning "Beshiktosh" klubi bilan kelishuvi buzilganidan keyin "Napoli" bilan tayanch yarim himoyachisi Yens-Lyus Kayusteni ijaraga olishga kelishib oldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.

Ijara narxi - 2 mln evro. Unda "Ipsvich" APLga chiqqan taqdirda majburiy bo'ladigan 7,5 mln evrolik sotib olish bandi bo'ladi.

"Ipsvich" futbolchidan transferga rozilik olishi qoldi. Tez orada qaror qabul qilinadi.