"Napoli" yangi xarid uchun qancha to'layotgani ma'lum bo'ldi

26 yoshli hujumchi Noa Lang PSVdan Italiyaning "Napoli" klubiga o'tmoqda, deb xabar beradi insayder Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, klublar transfer uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlarni almashishgan. Neapolliklar Lang uchun 28 million evro to'laydilar. Futbolchining maoshi mavsumiga 2,8 million evroni tashkil qiladi. Qayd etilishicha, vinger bilan kelishuvda sotib olish bandi ham ko'zda tutilgan.
O'tgan mavsumda Niderlandiya terma jamoasi vingeri PSV safida barcha turnirlarda 44 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Milliy terma jamoa safida Noa Lang 14 uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.