"Napoli" va "Galatasaroy" o'rtasidagi Osimxen bo'yicha kelishuv detallari oydinlashdi

"Napoli" va "Galatasaroy" Viktor Osimxen transferini yopishga yaqin turibdi.
Klublar kelishuv tafsilotlarini muhokama qilishni yakunlamoqda, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Avvalroq ma'lum bo'lganidek, forvard uchun 40 mln evro hozir, yana 35 mln evro 2026 yil oxirigacha to'lanadi.
Shartnomaga futbolchini keyingi ikki yil ichida Italiya klublariga sotganlik uchun jarima qo'llash bandi kiritiladi.
Tomonlar nigeriyalikni qayta sotishning faqatgina foizini kelishib olishlari qoldi, deb ta'kidlaydi Romano.
Osimxen o'tgan mavsum "Galatasaroy" safida ijara asosida to'p tepgan edi. U Turkiya chempionati doirasida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 26 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.