"Napoli" sardori Jovanni di Lorentso jamoaning yangi a'zosi Kevin de Bryuyne haqida qanday fikrda ekanini aytdi.

34 yoshli yarim himoyachi iyul oyi boshida "Manchester Siti"dan erkin agent sifatida Neapol klubi safiga qo'shilgandi.

"Kevin timsolida jamoamiz ajoyib futbolchiga ega bo'ldi va u buni birinchi mashg'ulotlarda isbotladi. Uning kamtarligi meni hayratga soldi. De Bryuyne - tug'ma chempion va ishonchim komilki, u bizga yordam beradi," - deya di Lorentso so'zlarini keltiradi jurnalist Alfredo Pedulla.