"Napoli" prezidenti: "Garnacho biz bilan "Manchester Yunayted"dagidan kabi ikki baravar yaxshi o'ynaydi"

Italiyaning “Napoli” klubi rahbari Aurelio de Laurentis “Manchester Yunayted” vingeri Alexandro Garnachoning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
"Bu futbolchida tezlik, salohiyat va iqtidor bor. Biz uni "Manchester Yunayted"dan olib ketmoqchimiz, chunki u biz bilan ikki barobar yaxshi o'ynaydi. Uning hozirgi klubida tushuntirish qiyin bo'lgan muammo bor", - deydi klub rahbari.
Transfermarkt portali Garnachoning bozor narxini 45 million evroga baholamoqda. Alexandroning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirida tugaydi.