"Napoli" Nunes variantidan voz kechdi

Darvin Nunes "Napoli"ga o'tmaydi.
Neapol klubi bugun "Liverpul"ga urugvaylik hujumchini transfer narxi juda qimmatligi uchun o'z safiga qo'shib olmasligini ma'lum qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
"Napoli" "Udineze" vakili Lorentso Lukka foydasiga tanlov qildi - italiyalik futbolchi 9 mln evro evaziga ijaraga o'tadi va 26 mln evroga majburiy sotib olinadi, 5 yillik shartnoma shu hafta oxirida imzolanadi.
Nunes yozda Saudiya Arabistoni chempionatiga ko'chib o'tishi kutilmoqda, urugvaylik futbolchiga liganing bir nechta top-klublari qiziqish bildirmoqda.