"Napoli" Nunes bo'yicha "Liverpul"ga qanday summada taklif bilan chiqqani aytildi

"Napoli" hujumchi Darvin Nunes bo'yicha "Liverpul" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Kuni kecha Italiya klubi "qizillar"ga yangi taklif bilan chiqdi: insayder Janluka di Martsioning ma'lumotiga ko'ra, partenopiyaliklar 26 yoshli forvard uchun 50 mln evro va 5 mln bonus to'lashga tayyor. Bunday shartlar "Liverpul"ga qanchalik ma'qul kelishi hozircha noma'lum.
Neapolliklarga "Udineze"dan Lorentso Lukka ham qiziq. Taxminlarga ko'ra, 24 yoshli italiyalik futbolchi transfer va maosh xarajatlarini hisobga olganda Nunesdan taxminan ikki barobar arzonroqqa tushadi.
Avvalroq, "Liverpul" Darvin Nunesni sotishdan 75 mln evrodan ko'proq mablag' ishlab olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.