"Napoli"ning yangi hujumchisi tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rimga keldi

Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, "Udineze" hujumchisi Lorentso Lukka "Napoli"ga o'tishidan oldin tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Rimga uchib kelgan.
Bitim qiymati - ijara uchun 9 mln evro + majburiy sotib olish uchun 26 mln + ehtimoliy bonuslar ko'rinishida yana 5 mln, ya'ni jami 40 mln evro.
Eslatib o'tamiz, bir yil avval "zebralar" futbolchini "Ayaks"dan 8 mln evroga sotib olgandi.
Ikki mavsum davomida hujumchi 75 ta o'yinda 23 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.