Noa Lang "Napoli" mashg'ulotlarida qiynalmoqda.

Qanot futbolchisi o'tgan haftada PSVdan 25 million evro + 2 million evro evaziga "Napoli" klubiga o'tgan edi.

"Birinchi qilgan ishim italyancha "Men charchadim" deyishni o'rganish bo'ldi. Bu erda mashg'ulotlar charchatmoqda, ammo bu men uchun yaxshi bo'ladi - men o'zimning komfort zonamdan chiqib ketaman.

Endi men o'zimning eng yaxshi versiyam bo'lish uchun ko'p mehnat qilishim kerak, - dedi Noa.