"Napoli"ning "Sevilya" himoyachisi uchun taklifi rad etildi

"Sevilya" Xuanlu Sanchesni "Napoli"ga sotishdan bosh tortdi.
Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, ispan klubi neapolliklarning 17 mln evrolik taklifini rad etgan. Qayd etilishicha, "Sevilya" 21 yoshli himoyachi uchun 20 mln evro va keyingi sotuvdan foiz olmoqchi - bunday shartlarni bir necha kun oldin "Vulverxempton" taklif qilgandi.
La Liganing o'tgan mavsumida Xuanlu 32 ta o'yinda 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.