"Napoli" muxlislari - Osimxenga: "Yalangoyoq, bu erda Maradona o'ynaganini unutma" (foto)

"Napoli" muxlislari Viktor Osimxenga keskin murojaat yo'lladi.
Avvalroq, forvard o'tgan mavsumda ijara asosida to'p tepgan "Galatasaroy"ga doimiy asosda o'tishga yaqin ekani ma'lum bo'lgandi.
Curva A guruhidagi Ultras Neapoldagi Castel Nouveau qal'asi yaqinida banner joylashtirdi.
Unda shunday yozuv bor: "Jaholat sening hayotingda hamisha hukmronlik qiladi... Yalangoyoq, bu erda Maradona o'ynaganini unutma!
