"Napoli" mavsumoldi yig'inidagi so'nggi o'yinda "Olimpiakos"dan ustun keldi

"Napoli" o'rtoqlik o'yinida "Olimpiakos"ni mag'lub etdi - 2:1.
Neapolliklar safida gollarga Matteo Politano va Lorentso Lukka mualliflik qildi. Pirey klubi safida Chikino o'zini ko'rsatdi.
23 avgust kuni "Napoli" A Seriyaning 1-turida "Sassuolo"ga qarshi bahs olib boradi. "Olimpiakos" esa 16 avgust kuni "Inter" bilan o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.