"Napoli" Lukkani "Udineze"dan ijaraga olishga yaqin turibdi

Lorentso Lukka "Napoli"ga o'tishga yaqin turibdi.
Bugun "Napoli" klubi va "Udineze" 24 yoshli hujumchining transferi bo'yicha muzokaralarda sezilarli yutuqlarga erishdi, deya xabar beradi jurnalist Matteo Moretto. Klublar hali yakuniy tafsilotlarni hal qilishlari kerak.
"Napoli" futbolchini 9 million evroga ijaraga olishi kutilmoqda va uni 26 million evroga sotib olishga majbur bo'ladi.
O'tgan mavsumda A Seriyada Lukka 33 o'yinda 12 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.