"Napoli" "Lans" markaziy yarim himoyachisi Endi Diufni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Italiya klubi allaqachon frantsuz uchun "Lans"ga rasmiy taklif bilan chiqqan. Neapolliklar futbolchini 20 mln evroga qo'lga kiritmoqchi. Shu bilan birga, Diufning klubi xavbekni kamida 23 million evroga baholamoqda.

Shuningdek, 22 yoshli futbolchiga Angliya chempionatining bir necha klublari qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

Diuf o'tgan mavsumda "Lans" safida 37 ta o'yinda maydonga tushib, gol urdi va golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining frantsuz klubi bilan shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.