A Seriyaning amaldagi g'olibi "Napoli" transfer oynasida faollik ko'rsatishda davom etmoqda.

Mateo Moretto xabariga ko'ra, neapolliklar hozirda "Jirona" chap qanot himoyachisi Migel Guterresni sotib olish uchun muzokaralar olib bormoqda.

24 yoshli ispaniyalik futbolchi hozirda 20 million evroga baholangan. Uning shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.