"Napoli" Guterres transferini kelishib oldi

"Jirona" himoyachisi Migel Guterres faoliyatini Italiyaning "Napoli" klubida davom ettiradi. Bu haqda nufuzli insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, kelishuv summasi 18 million evro va bonuslar sifatida 2 million evroni tashkil qiladi. Jurnalistning so'zlariga ishonadigan bo'lsak, ispaniyalikning o'zi faqat "Napoli"ga o'tishni istagan.
O'tgan mavsumda 24 yoshli Guterres barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 36ta o'yinda maydonga tushib, ikki marta raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va oltita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Aytish kerakki, ertaga, 9 avgust kuni "Napoli" va "Jirona" o'zaro o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.