"Napoli" "Galatasaroy"dan Osimxen uchun 5 yil davomida 75 million evrolik bank kafolatlarini talab qilmoqda

"Napoli" Viktor Osimxen transferi uchun "Galatasaroy"dan bank kafolatlarini talab qilmoqda.
Turk klubi 26 yoshli nigeriyalik forvardni 75 million evroga sotib olish bandini faollashtirishga rozi bo'ldi va bu summani 5 yil ichida to'lashni taklif qildi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning so'zlariga ko'ra, ayni damda tomonlar, jumladan Osimxenning vakili ham kelishuvga erishish uchun muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining o'zi ham "Galatasaroy"da o'ynashni xohlaydi.
Avvalroq jurnalist Janluka Di Martsio “Galatasaroy” bank kafolatlarini bera olmagani uchun muzokaralar to'xtatilgani haqida xabar bergandi.
Osimxen o'tgan mavsumda "Galatasaroy"da ijara asosida o'ynagandi. Turkiya chempionatining 30ta uchrashuvida 26ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.