"Napoli" Dan Ndoyening transferi ustida ishlamoqda.

Insayder Nikolo Skiraning ma'lum qilishicha, neapolliklar 24 yoshli vinger uchun "Bolonya"ga 37-38 mln evro berishga tayyor.

"Napoli" futbolchining o'zi bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan. Shveytsariyalikning maoshi yiliga 3 mln evroni tashkil etishi mumkin.

Ndoye o'tgan mavsum A Seriyada 30 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.