"Napoli" Belgiya chempionati to'purariga qiziqmoqda

"Napoli" Belgiya chempionati to'purari bilan bog'landi.
Nufuzli insayder Fabritsio Romano Italiya chempioni "Genk" hujumchisi Tola Arokodarega qiziqish bildirayotganini ma'lum qildi.
"Genk" uni o'tgan mavsumda Belgiyada to'purar bo'lganidan keyin 20/25 mln evroga baholamoqda," - dedi Romano.
"Napoli" "Manchester Yunayted" hujumchisi Rasmus Xyoylund bilan bog'liq vaziyatni kuzatib bormoqda va hujumchi qidirish uchun transfer bozorini kuzatishda davom etmoqda.
O'tgan mavsumda Tolu Arokodare "Genk"ning barcha musobaqalardagi 45ta o'yinida maydonga tushgan. Nigeriya terma jamoasi hujumchisi 23 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi.
TransferMarkt futbolchini 18 mln evroga baholamoqda.