"Bolonya" markaziy himoyachisi Sem Byokema faoliyatini "Napoli"da davom ettiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, klublar 26 yoshli futbolchining transferi bo'yicha 31 million evro va bonuslar evaziga kelishuvga erishgan. Hujjatlar yaqin soatlarda imzolanadi, dedi jurnalist.

Bekema 2023 yildan beri "Bolonya" sharafini himoya qilmoqda. O'tgan mavsumda niderlandiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 47 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Nufuzli "Transfermarkt" internet portali ma'lumotlariga ko'ra, himoyachining bozor narxi 28 million evroni tashkil etadi.