Myullerga Evropa klubi taklif bilan chiqdi

Tomas Myuller uzoq yillik faoliyatidan so'ng "Bavariya"ni tark etdi. So'nggi paytlarda matbuot tajribali hujumchini MLS klublari bilan faol bog'lab kelayotgan edi. Ammo Myullerda Evropa futbolida variant paydo bo'ldi.
Goal portalining Mein Bezirk'ga tayanib xabar berishicha, 35 yoshli Myullerga Venaning "Rapid" klubi taklif bilan chiqqan. Avstriya klubi hozirda "Bavariya"ning sobiq futbolchisiga yiliga 3 million evrogacha to'lashga tayyor. MLS'dan takliflar ancha kamtarona - yiliga 1,7 million evro.
Avvalroq Tomas Myuller Germaniya tashqarisidagi variantlar uning uchun ustuvor bo'lishi haqida gapirgandi. Myuller "Bavariya" safida 756 ta rasmiy o'yin o'tkazgan.