Myuller MLS klubi bilan ikki yillik shartnoma imzolaydigan bo'ldi

Tomas Myuller faoliyatini MLSda davom ettiradi.
"Bavariya"ning sobiq yarim himoyachisi "Vankuver Uaytkeps" bilan kelishuvga erishdi, deya xabar beradi Fabritsio Romano. 35 yoshli futbolchi bilan ikki yillik shartnoma imzolanadi.
Myuller Myunxen yoshlar tizimi mahsuli bo'lib, 2000 yildan buyon klub tizimida o'ynab kelayotgandi. U hozirda erkin agent hisoblanadi.