"Manchester Yunayted"ning transfer kampaniyasi hali yakunlanmadi. Yaqinda klub "Brentford" bilan uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng Brayan Mbeumoni o'zining yangi a'zosi sifatida rasman tanishtirdi. Endi "qizil iblislar" boshqa pozitsiyalarni kuchaytirishga e'tibor qaratmoqchi: jurnalist Devid Ornshteynning yozishicha, mankunianliklar yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar yangi markaziy hujumchi, tayanch yarim himoyachisi va darvozabonni o'z safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda.

Mateus Kunya va Brayan Mbeumoning transferi "Manchester Yunayted"ga 150 million evrodan ko'proqqa tushdi, klub hozircha hech kimni sotgani yo'q.

O'tgan mavsumda Ruben Amorim jamoasi Premer-liga turnir jadvalida 15-o'rinni egallagan edi.