"Manchester Yunayted" Korenton Tolissoga qiziqish bildirmoqda.

L’Equipe nashri xabariga ko'ra, "mankunianliklar" "Lion" yarim himoyachisining atrofidagilar bilan aloqa o'rnatgan. Yoz boshida frantsuz Turkiyadan kelgan ikkita taklifni rad etgandi.

Qayd etilishicha, "Lion" keyingi mavsumda uning atrofida jamoa qurishga umid qilib, Tolissoni olib qolmoqchi, biroq uning ketishi klubga maosh hisobini tushirish imkonini beradi, chunki yarim himoyachi jamoada eng yuqori maoshga ega.

Shuningdek, Saudiya Arabistonining yuqori divizioniga ko'tarilgan "Neom" va "Atletiko" Tolissoning holatini kuzatib borayotgani ma'lum bo'ldi. 30 yoshli yarim himoyachi taxminan 10 million evroga baholanmoqda.