"MYu" tayanch yarim himoyachisi ijaraga beriladi

"Manchester Yunayted" tayanch yarim himoyachisi Tobi Kollier faoliyatini "Vest Bromvich"da davom ettiradi.
Lauri Uitvell xabariga ko'ra, 21 yoshli angliyalik futbolchi Chempionship klubiga 1 mavsumga ijaraga beriladi. Kelishuvda sotib olish imkoniyati bo'lmaydi.
Kollierning mankunianliklar bilan shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan. Transfermarkt uni 5 million evroga baholagan.