"RB Leyptsig" forvardi Benyamin Sheshko ishtirokidagi transfer ertagi davom etmoqda. Avvalroq, "Nyukasl" 22 yoshli sloveniyalik futbolchi uchun bonuslar bilan birga 90 million evro taklif qilgandi. Endi "Manchester Yunayted" ham taklif bilan chiqdi.

Insayder Fabritsio Romanoning Bild nashriga tayanib xabar berishicha, "Manchester Yunayted" seshanba kuni Sheshko uchun bonuslar bilan birga 85 million evro taklif qilgan. Bu bilan klub o'z niyatining jiddiyligini ko'rsatdi.

"Manchester Yunayted"dagi manbalarning fikricha, Sheshko "Old Trafford"ga o'tishga ko'proq qiziqish bildirmoqda. Ammo, sloveniyalik futbolchi yangi klubi haqida hali yakuniy qarorga kelgani yo'q.