"Manchester Yunayted" Benyamin Sheshkoni sotib olishga tayyor.

Insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, mankunianliklar "Leyptsig"ga agar forvard transferga rozi bo'lsa, rasmiy taklif yuborishga tayyorligini ma'lum qilgan.

"Nyukasl" ham Bundesliga klubiga taklif berishga ham, Sheshkoning moliyaviy talablarini qondirishga ham tayyor.

Xabar qilinishicha, "Leyptsig" eng yaxshi to'purari uchun 75 mln evro va bonuslar olishni istamoqda.